Biznes-klinika

Hurmatli mijozlar,

Ushbu bilan sizga shuni ma’lum qilamizki O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda COVID-19 pandemiyasi sababli tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelgan salbiy oqibatlarni yumshatish maqsadida “Biznes-klinika” loyihasini joriy etgan.

Loyihaning maqsadi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlariga tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq maslahatlarni berish, shuningdek davlatimiz rahbarining farmonlarida nazarda tutuilgan qo’llab-quvvatlash choralari haqida to’liq va ishonchli ma’lumot etkazishdan iborat.

Loyiha doirasida Palata tomonidan 1094 qisqa raqami yagona aloqa markazi orqali tadbirkorlar karantin va undan keyingi davrda davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarda berilgan imtiyoz va qo’llab-quvvatlash mexanizmlaridan to’liq foydalanishlari maqsadida bepul yuridik va biznes maslahatlar berib kelinmoqda.

Qolaversa, tadbirkorlar bilan doimiy aloqada bo’lish va ularni tadbirkorlik yo’nalishlari yangiliklaridan habardor qilib borish maqsadida aloqa markazidan tashqari //t.me/biznes_klinika telegram kanali hamda www.businessinfo.uz veb-sayti ishga tushirilgan.

Yuqorida ko’rsatilgan manbaalardan zaruriy ma’lumotlarni oling va biznesingizni rivojlantiring.