“KDB Bank O’zbekistan” AJ pul mablag‘larini alohida elektron hisobvaraq – “Hamyon - Hisobvaraq”da xavfsiz saqlashning imkoniyatlarini eslatib o‘tadi
“KDB Bank O’zbekistan” AJ pul mablag‘larini alohida elektron hisobvaraq – “Hamyon - Hisobvaraq”da xavfsiz saqlashning imkoniyatlarini eslatib o‘tadi
Hamyon hisobvarag’i:
- maksimal himoya darajasiga ega
- boshqa to'lov tizimlari va ilovalaridan hamyon hisobvarag’iga kirish imkoniyati mavjud emas
- faqat “KDB Bank O’zbekistan” AJda ochilgan hisobvaraqlariga pul o‘tkazishga ruxsat beradi
- “KDBUz Mobile” mobil ilovasida muvaffaqiyatli roʻyxatdan oʻtgandan soʻng avtomatik ravishda ochiladi
“KDB Bank O’zbekistan” AJ axborot xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratadi va shaxsiy ma’lumotlarni xavfsiz saqlash uchun maxsus texnologiyalardan foydalanadi.
“KDBUz Mobile” mobil ilovasi orqali kartalar va hisobvaraqlarga (jumladan, hamyon hisobvarag’iga) xizmat ko‘rsatish faqat “KDB Bank O’zbekistan” AJning vakolatli mijozlari uchun mavjud.
Bank kartalaridan foydalanish xavfsizligi bo'yicha tavsiyalar
Plastik kartalardan foydalanish xavfsizligi karta egasining shaxsiy ma’lumotlar himoyasini ta’minlash masalalariga qanchalik mas’uliyat bilan yondashishiga bog‘liq.
1 - Qoida. Parol yoki kodlaringizni hech kimga oshkor qilmang.
Faqat firibgarlar maxfiy kodlar bilan qiziqadi!
2 - Qoida. Kartadagi SMS-xabarnomalarni ulang.
Bankdan kartadagi barcha harakatlar haqida darhol SMS olish uchun kerak.
3 - Qoida. Xabarlarda shubhali havolalarni bosmang.
Xatlar, SMS va Telegram xabarlaridagi havolalarga kirmang, chunki bu shaxsiy ma'lumotlarni o'g'irlaydigan zararli dastur bo'lishi mumkin.
4 - Qoida. Ma'lumotni ikki marta tekshiring.
Firibgarlar, ularga darhol ishonishingizga umid qiladi. Ma'lumotni ikki marta tekshirishga vaqt bermaslik uchun ular sizni ataylab shoshiltiradi. Bankning rasmiy raqamiga qo'ng'iroq qiling va sizni qiziqtirgan ma'lumotlarni aniqlang. Asosiysi, shoshilmaslik.
5 - Qoida. Xavfsiz saytlarni tanlang.
Firibgarlar banklar, to‘lov tizimlar, onlayn-do‘konlar va boshqa onlayn resurslarning veb-saytlariga o‘xshagan saytlarni yaratadilar.
Xizmat boʻyicha maslahat olish uchun Telegram orqali +998900140262 (Call-markaz) raqamiga soʻrov yuboring yoki +998781208000 (Jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatish boʻlimi) raqamiga qoʻngʻiroq qiling.