Aksiyadorlarning 2025-yildagi yillik umumiy yig‘ilishi

«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Kuzatuv kengashi 2025-yil 26-iyun kuni soat 11:00 da Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 3-uy manzilida joylashgan «KDB Bank O‘zbekiston» AJBoshofisi,4-qavat, Majlislar zalida Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida ma’lum qiladi.

 

 

2025 MY uchunAksiyadorlarning yillikumumiy yig‘ilishi

KUN  TARTIBI:

 

1.    2024 MY uchun Bankning Audit tekshiruvidan o‘tkazilgan moliyaviy hisobotlarini tasdiqlash;

2.    O‘tgan yillar davomida taqsimlanmay qoldirilgan foyda va 2024 MYda olingan sof foydani taqsimlash masalasini korib chiqish va tasdiqlash;

3.    2025 MY uchun Bankning yillik biznes-rejasi va budjetini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

4.    2024 MY uchun Korporativ boshqaruv to‘g‘risidagi yillik hisobotni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

5.    2025 MY uchun Bankning auditorlik tashkilotini belgilash va uning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini tasdiqlash;

6.    Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash;

7.    “Umidsiz” deb tasniflangan balansdan tashqari moddalarda aks ettirilgan aktivlarni hisobdan chiqarishni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

8.    2024 MY uchun Bankning Moliyaviy-iqtisodiy faoliyati yakunlari bo‘yicha Taftish komissiyasi hisobotini tasdiqlash.  

 

2025-yil 30-may holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestrida qayd etilgan aksiyadorlarga «KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida yozma ravishda elektron pochta orqali xabar yuboriladi. 

2025-yil 20-iyun holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestrida qayd etilgan aksiyadorlar «KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga egadirlar.

«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ro‘yxatdan o‘tish uchun aksiyadorlarning vakillari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomalar bilan tashrif buyurishlari lozim.      

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olishning boshlanish vaqti: 10:30 

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishda ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha ma’lumot va materiallar bilan Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 3-uy manzilida joylashgan «KDB Bank O‘zbekiston» AJ binosida tanishishlari mumkin.

Elektron pochta manzili: info@kdb.uz