Aksiyadorlarning 2024-yildagi yillik umumiy yig‘ilishi

KDB Bank O‘zbekistonAJ Kuzatuv kengashi 2024-yil 27-iyun kuni soat 11:00 da O‘zbekiston, Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 3-uy manzilidajoylashgan KDB Bank O‘zbekistonAJ 4-qavatdagi majlislar zalida Aksiyadorlarning yillikumumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qiladi.

                                                                                                                                                                                              Aksiyadorlarning 2024-yildagi yillikumumiy yig‘ilishi

KUN  TARTIBI:

 

  1. 2023 MY (moliya yili) uchun Bankning Audit tekshiruvidan o’tkazilgan moliyaviy hisobotlarini tasdiqlash;
  2. O’tgan yillar davomida taqsimlanmay qoldirilgan foyda va 2023 MYda olingan sof foydani taqsimlash masalasini ko’rib chiqish va tasdiqlash;
  3. 2023 MY uchun Korporativ boshqaruv to’g’risidagi yillik hisobotni ko’rib chiqish va tasdiqlash;
  4. Bankning 2023 MY Moliyaviy-iqtisodiy faoliyati yakunlari bo’yicha Taftish komissiyasi hisobotini tasdiqlash;
  5. 2024 MY uchun Bankning yillik biznes-rejasi va budjetini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
  6. 2024 MY uchun auditorlik tashkilotini belgilash va uning xizmatlariga to’lanadigan eng ko’p haq miqdorini tasdiqlash.

 

2024-yil 31-may holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestrida qayd etilgan  aksiyadorlarga «KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida yozma ravishda elektron pochta orqali xabar yuboriladi. 

2024-yil 21-iyun holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reyestrida qayd etilgan aksiyadorlar «KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga egadirlar.

«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ro‘yxatdan o‘tish uchun aksiyadorlarning vakillari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomalar bilan tashrif buyurishlari lozim.      

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olishning boshlanish vaqti: 10:30 

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishda ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha ma’lumot va materiallar bilan Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 3-uy manzilida joylashgan «KDB Bank O‘zbekiston» AJ binosida tanishishlari mumkin.

Elektron pochta manzili: info@kdb.uz