KDB Bank aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qiladi.

«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Kengashi 2021 yil 28 iyun kuni soat 11:00 da O‘zbekiston, Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 3-uy manzili bo‘yicha joylashgan «KDB Bank O‘zbekiston» AJ 4-qavat majlislar zalida Aktsiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qiladi. 

2021 moliya yili uchun Aktsiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi

Kun tartibi:

1. Bankning ichki me’yoriy hujjatini tasdiqlash;

2. 2021 MY uchun Bankning yillik biznes rejasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

3. 2020 MYda olingan sof foydaning taqsimlanishini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

4. Kuzatuv Kengashining mustaqil a’zolariga to‘lanadigan mukofot va haq to‘lash Tartibini tasdiqlash;

5. 2020 MY uchun Bankning audit tekshiruvidan o‘tkazilgan moliyaviy hisobotlarini tasdiqlash;

6. 2021 MY uchun auditorlik tashkilotini belgilash va uning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini tasdiqlash;

7. 2020 MY uchun  Korporativ boshqaruv to‘g‘risidagi yillik hisobotni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

8. Bankning 2020 yil moliyaviy faoliyati yakunlari bo‘yicha Taftish komissiyasi tuzgan hisobotni tasdiqlash;

9. “KDB Bank O‘zbekiston” AJning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

2021 yil 22 iyun holatiga shakllantirilgan aktsiyadorlar reestrida qayd etilgan  aktsiyadorlar «KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aktsiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga egadirlar. 

2021 yil 31 may holatiga shakllantirilgan aktsiyadorlar reestrida qayd etilgan  aktsiyadorlarga «KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aktsiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida yozma ravishda elektron pochta orqali xabar yuboriladi.  

«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aktsiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ro‘yxatdan o‘tish uchun aktsiyadorlarning vakillari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomalar bilan kelishlari lozim.       

Aktsiyadorlarning ro‘yxatga olishni boshlash vaqti: 10:30 

 

Sahifa sanasi: 03.06.2021 y.