Aktsiyadorlarning 2020 yilgi navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi

«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Kengashi 2020 yil 29 iyun kuni soat 11:00 da O‘zbekiston, Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 3-uy manzili bo‘yicha joylashgan «KDB Bank O‘zbekiston» AJ bosh ofisi, 4-qavat majlislar zalida Aktsiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qiladi. 

Aktsiyadorlarning 2020 yilgi navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi

KUN  TARTIBI:

1. Affillangan shaxslar bilan tuziladigan bitimlarni ko‘rib chiqish;

2. 2020 MY uchun Bankning yillik biznes rejasi va byudjetini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

3. 2019 MYda olingan sof foydaning taqsimlanishini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

4. 2019 MY uchun Bankning audit tekshiruvidan o‘tkazilgan moliyaviy hisobotlarini tasdiqlash;

5. 2020 MY uchun auditorlik tashkilotini belgilash va uning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini tasdiqlash;

6. “KDB Bank O‘zbekiston” AJ Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish;

7. 2019 MY uchun Korporativ boshqaruv to‘g‘risidagi yillik hisobotni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;

8. Bank Kengashining yangi a’zosini saylash; 

9. Bankning 2019 yildagi moliyaviy faoliyati yakunlari bo‘yicha Taftish komissiyasi tuzgan hisobotni tasdiqlash.

2020 yil 23 iyun holatiga shakllantirilgan aktsiyadorlar reestrida qayd etilgan  aktsiyadorlar «KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aktsiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga egadirlar. 

2020 yil 5 iyun holatiga shakllantirilgan aktsiyadorlar reestrida qayd etilgan  aktsiyadorlarga «KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aktsiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida yozma ravishda elektron pochta orqali xabar yuboriladi.  

«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aktsiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishida ro‘yxatdan o‘tish uchun aktsiyadorlarning vakillari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomalar bilan kelishlari lozim.       

Aktsiyadorlarning ro‘yxatga olishni boshlash vaqti: 10:30