Aksiyadorlarning 2020 yilgi 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi haqida

«KDB Bank Uzbekistan» AJ aksiyadorlarning 2020 yilgi 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qiladi.

«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Kengashi 2020 yil 25 fevral kuni soat 11:00 da O‘zbekiston, Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 3-uy manzili bo‘yicha joylashgan «KDB Bank O‘zbekiston» AJ 4-qavat majlislar zalida Aksiyadorlarning 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qiladi.

Aksiyadorlarning 2020 yilgi 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi

Kun tartibi:

1.      Boshqaruv Raisini tasdiqlash;

2.      Bank Kengashi a’zolarini saylash;

3.      Taftish komissiyasi a’zolarini saylash;

4.      “KDB Bank O‘zbekiston” AJ yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

2020 yil 19 fevral holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reestrida qayd etilgan  aksiyadorlar «KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarning 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga egadirlar.

2020 yil 31 yanvar holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reestrida qayd etilgan aksiyadorlarga «KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarning 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida yozma ravishda elektron pochta orqali xabar yuboriladi. 

«KDB Bank O‘zbekiston» AJ Aksiyadorlarning 1-navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ro‘yxatdan o‘tish uchun aksiyadorlarning vakillari qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomalar bilan kelishlari lozim.      

Aksiyadorlarning ro‘yxatga olishni boshlash vaqti: 10:30.

 

Sahifa sanasi: 04.02.2020 y.