1998 yildan boshlab MasterCard Co. to’lov tizimi to`laqonli a’zosi hisoblangan KDB Bank O’zbekiston, MasterCard xalqaro plastik kartalari emissiyasi va ekvayringini amalga oshirmoqda. Hozirgi vaqtda, Bank mijozlari uchun MasterCard Standard, MasterCard Business, MasterCard Gold va Cirrus/Maestro kartalari asosida turli xil to`lov mahsulotlari taklif qilmoqda. Bank o’z xizmatlarini ekvayring bozorida, asosan mehmonxona, turizm va aviachipta sotuvi sohalarida taklif qiladi.
KDB Bank O’zbekiston mijozlari uchun taklif qilinayotgan MasterCard xalqaro to`lov kartalarining turlari, hamda ularni chiqarish va xizmat ko’rsatish haqida batafsil ma’lumotni bizning korporativ saytimizdan tarif rejalarini yuklab yoki quyidagi telefon raqami orqali ma’lumot olishingiz mumkin (+998) 78 120-87-43 va (+998) 78 120-87-44.