Mijoz ERP tizimining Internet Banking iDBA tizimi bilan integratsiyasi
11.08.2025

Hurmatli mijozlar!
"KDB Bank O‘zbekiston" AJ mijozning ERP tizimini Internet-banking iDBA tizimi bilan integratsiyani qilish imkonini beruvchi xizmatni ishga tushirdi. Ushbu xizmat “Dibank” xizmati orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot almashinuvchi va moliyaviy operatsiyalarni avtomatlashtirishni ta’minlaydi.
Xizmat 2025-yil 25-avgustdan boshlab foydalanishga taqdim etiladi.
🔹 Mijoz ERP bilan integratsiya quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
- 1C/Didox tizimidan milliy valyutada to‘lov topshiriqlarini yuborish
- Ish haki hujjatlarini yuborish
- To‘lov topshiriqlari holati onlayn kuzatish
- Bank hisobvaraqlaridan ko’chirmalar yuklab olish
- Yuklangan hujjatlar bo’yicha hisobotlarni shakllantirish
Xizmat shartlari va qoidalari www.kdb.uz rasmiy veb-saytida ("Interaktiv xizmatlar" / "Shartnoma and Ariza Na’munalari") e’lon qilingan Ommaviy ofertada tasdiqlangan.