Rejalashtirilgan texnik ishlar
15.09.2026

Hurmatli Mijozlar,
«KDB Bank O‘zbekiston» AJ tomonidan 2026-yil 15-sentabr soat 23:00 dan 2026-yil 16-sentabr soat 03:00 gacha rejalashtirilgan texnik ishlar amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.
Ko‘rsatilgan davrda Bankning masofaviy bank xizmatlari — KDBUz Mobile va Internet Banking iDBA faoliyatida vaqtinchalik cheklovlar yuzaga kelishi mumkin.
Muhim operatsiyalarni, jumladan, mablag‘larni konvertatsiya qilish, to‘lovlar va o‘tkazmalarni oldindan rejalashtirishingizni so‘raymiz.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Hurmat bilan,
«KDB Bank Uzbekistan» AJ