Bank Tariflariga 2025 yil 8 may kunidan oʻzgartirishlar kiritilishi haqida

Ushbu bilan Bank Boshqaruvi qaroriga asosan Bank Tariflariga kiritilgan oʻzgartirishlar tasdiqlanib, 2025 yil 8 may kunidan amal qilishini ma’lum qilamiz (tashqi savdo shartnomalarini bankda xizmat koʻrsatilishi uchun qabul qilish (8.1.2 bandi) va eksport va import amaliyotlari boʻyicha invoyslarni bankda xizmat koʻrsatilishi uchun (8.2.0 bandi) qabul qilish uchun bank komissiyalari bekor qilindi).

 

Bank Tariflari haqidagi ma’lumot bankning www.kdb.uz rasmiy veb-saytida mavjud.

 

Qoʻshimcha ma’lumot uchun yoki savollaringiz boʻlsa, Sizga biriktirilgan Mijozlar bilan ishlash Menejeriga murojaat qilishingizni soʻraymiz.

 

Hurmat bilan,

AJ “KDB Bank Oʻzbekiston”