AQSh dollaridagi to'lov topshiriqnomalari ijrosi bo'yicha ma'lumot
05.11.2025

Hurmatli mijozlar,
AQShda bayram kuni munosabati bilan ''KDB Bank O‘zbekiston" AJ AQSh dollaridagi to'lov topshiriqnomalarini quyidagi jadvalga muvofiq ijroga qabul qiladi:
∙ 11.11.2025 - AQSh dollaridagi (USD) mablag’larni o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalar ijroga qabul qilinmaydi (USD/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin).
Hisob-kitoblarni xorijiy valyutalarda amalga oshirayotganingizda ushbu xabarga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.