Janubiy Koreya vonidagi (KRW) to‘lov topshiriqnomalarini ijro jadvali haqida ma’lumot.
12.08.2025

Hurmatli mijozlar,
Janubiy Koreyada bayram kuni munosabati bilan ''KDB Bank O‘zbekiston" AJ Janubiy Koreya vonidagi (KRW) to‘lov topshiriqnomalarini quyidagi jadvalga muvofiq ijroga qabul qiladi:
• 2025-yil 15-avgust - Janubiy Koreya vonidagi (KRW) mablag’larni o‘tkazish va/yoki konvertatsiya qilish boʻyicha arizalar ijroga qabul qilinmaydi (KRW/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin).
Hisob-kitoblarni xorijiy valyutalarda amalga oshirayotganingizda ushbu xabarga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.