Yevro (EUR), Angliya funt sterling (GBP), Shveysariya frank (CHF) va Xitoy yuan (CNY/CNH) valyutalaridagi toʻlov topshiriqnomalarini ijro jadvali haqida ma'lumot xabari.

Yevro (EUR), Angliya funt sterling (GBP), Shveysariya frank (CHF) va Xitoy yuan (CNY/CNH) valyutalaridagi toʻlov topshiriqnomalarini ijro jadvali haqida ma'lumot xabari.


Hurmatli Mijozlar,


Tegishli davlatlarda rasmiy bayram kunlari munosabati bilan “KDB Bank Oʻzbekiston” AJ Yevro (EUR), Angliya funt sterling (GBP), Shveysariya frank (CHF) va Xitoy yuan (CNY/CNH) valyutalaridagi mablagʻlarini oʻtkazish va/yoki konvertatsiya qilish uchun arizalarni quyidagi jadvalga muvofiq ijroga qabul qiladi:

 

·      2025-yil 18-aprel va 2025-yil 21-aprel kunlarida EUR, GBP va CHF valyutalaridagi mablagʻlarini oʻtkazish va CNY/CNH, EUR, GBP va CHF valyutalaridagi mablagʻlarini konvertatsiya qilish boʻyicha arizalari ijroga qabul qilinmaydi (EUR/UZS, GBP/UZS, CHF/UZS va CNY(CNH)/UZS valyuta juftliklarida konvertatsiya qilish uchun arizalar Bank bilan kelishilgan holda qabul qilinadi);

 

·      2025-yil 22-apreldan boshlab barcha toʻlov topshiriqnomalari odatdagidek qabul qilinadi.

 

Hisob-kitoblarni Yevro, Angliya funt sterling, Shveysariya frank va Xitoy yuan valyutalarida rejalashtirishda ushbu xabarni e’tibor qaratishingizni soʻraymiz.