«E-kontrakt» tashqi savdo axborot tizimi

HURMATLI MIJOZLAR!
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona Qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan «E-kontrakt» tashqi savdo axborot tizimi (//contract.customs.uz/login) 2025 yilning 19-may sanasidan to‘liq ish rejimiga o‘tishi rejalashtirilgan.
2025 yilning 19-may sanasidan boshlab boshqa tashqi platformalar (VED «Kontrakt», AIS «Kontrakt» va «EXIM» Portali) orqali ma’lumot uzatish imkoni bo‘lmaydi.
Sizlardan: Tashqi savdo operatsiyalaringizni to‘g‘ri o‘tishini ta’minlash va har qanday kechikish yoki uzilishlarni oldini olish maqsadida, 2025 yilning 15-may sanasigacha joriy tizimda ro‘yxatdan o‘tish va barcha zarur to‘lovlarni tugatishingizni so‘raymiz.
Yangi tizimga o‘tish jarayoni Respublika miqyosida bo‘lib, barcha banklar, bojxona organlari va tegishli muassasalarni o‘z ichiga olganligini ta’kidlash muhimdir. Natijada, dastlabki bosqichda vaqtincha kechikishlar yoki tushunmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin.
Sizda agarda biron bir savol bo‘lsa yoki yordamga ehtiyoj sezsangiz, iltimos, sizga biriktirilgan Menejerlaringizga yoki Valyuta Nazorati Boshqarmasi xodimlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Fursatdan foydalanib, Sizga ushbu masalaga bo‘lgan tushunishingiz, hamkorligingiz va tezkor e'tiboringiz uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
KDB Bank O‘zbekiston AJ