14.05.2024 da “KDB Bank O’zbekiston” AJ Kiberxavfsizlik tahdidlari bo'yicha seminar treningi o'tkazdi

“KDB Bank O’zbekiston” AJ O‘zbekiston Respublikasi Kiberxavfsizlik markazi bilan hamkorlikda o‘z xodimlari uchun “Kiberxavfsizlik tahdidlari” mavzusida seminar trening o‘tkazdi.

Seminarda zamonaviy kiberxavfsizlik tahdidlari va ularga samarali qarshi kurashish bo‘yicha faol chora-tadbirlar haqida to‘liq ma’lumot berildi. Shuningdek, ishtirokchilar kiberjinoyatlarning bugungi kundagi  holati, har  xil  turdagi  hujumlarni  aniqlash  usullari  va  tahdidlarni  oldini  olishda  zamonaviy  texnologiyalarni  qo’llash  kabi  masalalarni  o’z  ichiga  olgan  munozaralarda  qatnashdilar.  Kiberxavfsizlikmarkazi  mutaxassislarning tajribalari  bizning  xodimlarimizning  keng  tarqalgan  kibertahdidlar  haqidagi  tushunchasini  oshirish  bilan  bir  qatorda,  ularga  qanday  qilib  Bankning  kiber  tahdidlarga  qarshi  mudofaasini  qo’llab  quvvatlashga  yordam  berish  to’g’risida  qimmatli  tushunchalarolishda  yordam  berdi.

Bank  hodimlari  seminarning  so’ngida  mavzu  bo’yicha  o’zlarini  qiziqtirgan  savollarga  markaz  hodimlari  tomonidan  javob  olish  imkoniyatiga  ega  bo’lishdi.