Bankning ichki foydalanishi uchun "Intranet" tizimini yaratish bo'yicha tender

"KDB Bank O’zbekiston" AJ (keyingi o'rinlarda "Bank") IT-kompaniyalarni Bankning ichki foydalanishi uchun "Intranet" tizimini yaratish bo'yicha tenderda ishtirok etishga taklif qiladi.

Texnik va funktsional tavsifini, shuningdek, quyida keltirilgan loyihaning maqsad va vazifalariga muvofiq tuzilgan narxlar ro'yxati (prays-list)ni o'z ichiga olgan tijorat taklifini 2020 yil 6 iyulgacha Bankning quyidagimanziliga yuborishingizni so'raymiz: 100047, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Buxoroko'chasi 3-uy.

Tender natijalari  tender qatnashchilarining elektron manzillariga yuborish orqali ma’lum qilinadi.       

 

Loyihaning maqsad va vazifalari

  • hujjatlar ijrosi ustidan markazlashtirilgan va tezkor nazoratni ta'minlash;
  • tegishli operatsion hisobotlarni va hujjat ijrosining joriy holatini, shuningdek ijro intizomi bo’yicha hisobotlarni foydalanuvchilarning talabiga binoan xujjat mas’ul ijrochilari kesimida shakllantirilishini ta’minlash;
  • ma'muriy hujjatlarni va ular bo'yicha qabul qilingan qarorlarni markazlashtirilgan saqlash tizimini ta'minlash;
  • buyruq va ko'rsatmalar ijrosi samaradorligini oshirish;
  • departamentlararo ish jarayonida shakllangan ma'lumotlarning maxfiyligi va bus-butunligini ta'minlash;
  • departamentlar o'rtasida elektron hujjatlar almashinuvi jarayonini ta'minlash;
  • hujjatlarni tasdiqlash varaqasini shakllantirish va tasdiqlangan shaklda chop etish;
  • elektron hujjat shakllarini ishlab chiqish va ular asosida yaratilgan elektron hujjatlarni saqlash va boshqarishni avtomatlashtirish;
  • to'g'ri shakllantirilgan elektron hujjatlarni zudlik bilan olish imkoniyatini beradigan funksional;
  • real vaqt rejimida departamentlar o’rtasida elektron pochta xabarlarini himoyalangan elektron pochta xizmati orqali, shunigdek tezkor xabarlarni yuborish va qabul qilish (chat) imkoniyatini ta'minlash.