
To'lov Tizimi:
UZCARD
Pul Birligi:
UZS
Kartaning Turi:
UzCard Business
Bugungi kunga kelib, Uzcard kompaniyamiz O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan 29 ta bank va PayMe, Click, UZPAYNET kabi 40 dan ortiq to‘lov tizimlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Markazimiz mutaxassislari tomonidan amaldagi POS-terminal va bankomatlarga “Xalqaro to‘lov tizimi” nomli yangi dasturiy ta’minoti joylashtirilgan. Bu o‘z navbatida, Uzcard to‘lov tizimi orqali mahalliy va xalqaro miqyosda plastik kartalar yordamida to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratmoqda.
1 | Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun korporativ plastik kartalarini emissiya qilish | 0.15 EKIH |
2 | Qo‘shimcha korporativ plastik kartalarini emissiya qilish | 0.15 EKIH |
3 | Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorning yo‘qotilgan yoki shikastlangan korporativ plastik kartalar o‘rniga yangisini emissiya qilish | 0.15 EKIH |
4 | Amal qilish muddati tugagan korporativ plastik kartalar o‘rniga yangisini emissiya qilish | 0.15 EKIH |
5 | Korporativ plastik kartani blokirovka holatidan chiqarish | Bepul |
6 | Korporativ plastik kartani «stop-list»ga (blokirovka) qo‘yish | Bepul |
7 | Korporativ plastik karta hisob raqamiga xizmat ko‘rsatish | Bepul |
8 | Korporativ plastik kartalariga naqd pul qo‘yish yo‘li orqali hisobvarag‘iga kirim qilish | Mumkin emas |
9 | Korporativ plastik kartaga pul mablag‘larini kirim qilish | Bepul |
10 | Korporativ plastik kartalardan to‘lov terminallari, infokiosk va bankomatlar orqali tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar | Bepul |
11 | Korporativ plastik kartalardagi pul mablag‘larini naqd pul shaklida berish | Mumkin emas |