«HumoCard» – bank to‘lov kartalariga asoslangan Humo to‘lov tizimi O‘zbekistonda va xorijda operatsiyalarni amalga oshirishga mo‘ljallangan bo‘lib,O‘zbekiston to‘lov tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Humo – davlat xududida pul harakatini va xorijiy to‘lov tizimlari bilan o‘zaro munosabatlarni ta’minlaydigan hisob-kitoblar ishtirokchilari, to‘lov instrumentlari va vositalari, dasturiy-texnik vositalar, shuningdek, banklararo pul o‘tkazmalari tizimlari majmuidir.

To‘lov tizimining Operatori «Milliy banklararo protsessing markazi» («Milliy banklararo protsessing markazi») MChJ bo‘lib, u O‘zbekistonda xorijiy valyutada amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo‘yicha ma’lumotlar kliringini, shuningdek, «HumoCard» to‘lov tizimi doirasida amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo‘yicha protsessing funksiyalarini bajaradi. «HumoCard» to‘lov tizimida milliy valyutada hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi bank funksiyasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Hisob-kitob Kliring markazi amalga oshiradi.

Humo to‘lov tizimining Operatori xalqaro to‘lov tizimlari (Visa, MasterCard, Union Pay International) bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish bo‘yicha ishlarni olib bormoqda. Natijada Humo bank kartalari bilan xorijda chet el valyutasida operatsiyalarni o‘tkazish va yuqorida keltirilgan tizimlarning xorijiy banklarning kartalari orqali O‘zbekistonda operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Banklarning «HumoCard» to‘lov tizimiga a’zo bo‘lishi ixtiyoriydir.

  1. Ariza
  2. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi
  3. Bank va mijoz oʻrtasidagi shartnoma

Plastik karta boʻlimlarida operatsion kunlar:

  1. HUMO kartalarini ochish - 17:00 gacha
  2. Boshqa operatsiyalar - 17:00 gacha

 

1

Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun korporativ plastik kartalarni emissiya qilish

0.15 EKIH

2

Qo‘shimcha korporativ plastik kartalarni emissiya qilish

0.15 EKIH

3

Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorning yo‘qotilgan yoki shikastlangan korporativ plastik kartalar o‘rniga yangisini emissiya qilish

0.15 EKIH

4

Amal qilish muddati tugagan korporativ plastik kartalar o‘rniga yangisini emissiya qilish

0.15 EKIH

5

Korporativ plastik kartani blokirovka holatidan chiqarish

Bepul

6

Korporativ plastik kartani «stop-list»ga (blokirovka) qo‘yish

Bepul

7

Korporativ plastik kartani hisob raqamiga xizmat ko‘rsatish

Bepul

8

Korporativ plastik kartalariga naqd pul qo‘yish yo‘li orqali hisobvarag‘iga kirim qilish

Mumkin emas

9

Korporativ plastik kartaga pul mablag‘larini kirim qilish

Bepul

10

Korporativ plastik kartalardan to‘lov terminallari, infokiosk va bankomatlar orqali tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar

Bepul

11

Korporativ plastik kartalardagi pul mablag‘larini naqd pul shaklida berish

Mumkin emas

12

Korporativ plastik kartalari hisobvarag‘idagi qoldiq  mablag‘lariga hisoblanadigan foiz

0 %

13

Korporativ plastik kartadagi mablag‘larni boshqa korporativ plastik kartalarga o‘tkazish yoki kirim qilish

Mumkin emas