+998(71) 120-80-00
Bizning forum Fuqarolar murojaati Internet banking
Русский English Ўзбекча

Nutqlar

Bankning asosiy strategik tashabbuslari


Mijozlarga xizmat ko’rsatish sohasida

Bizning bank mijozlar uchun yuqori sifatli xizmatni ko’rsatishga bor e’tiborini qaratgan bo’lib, doimiy ravishda mijozlarning talablariga javob berishga harakat qiladi. Mijozlarning turli xildagi manfaatlari va ehtiyojlari turli jarayonlar va tartiblarini takomillashtirish orqali hisobga olinadi. Ushbu maqsadlar uchun, bizning bank so’nggi texnologiyalardan unumli foydalanadi.

Mijozlarga yaxshi xizmat ko’rsatish bankning asosidir. Bugungi kunda, banklar keng turdagi raqobatchilarga ega. Kuchli raqobat tufayli ham noyob turdagi mahsulotlar miqdori, ham yuqori sifatli mijozlar xizmati bank sohasida muhim hisoblanadi. Banklar doimo bu sohada rivojlanish uchun harakat qiladi. Misol uchun mijozlar uchun so’rovnomalar va qo'ng'iroq markazi tomonidan qabul qilingan qo'ng'iroqlar monitoring shular jumlasiga kiradi. Shuningdek, xodimlarni mijozlarga yuqori xizmat uchun mukofot belgilash asosida rag'batlantirish taklif etilishi mumkin.

 

Korporativ Moliyalashtirish sohasida

Bizning bank korporativ moliyalashtirish sohasida  yirik va o'rta-kapitallashuv korporatsiyalar,  moliya institutlar uchun bir qator bank mahsulotlari va xizmatlarini taklif etadi. Mijozlarga barqarorlik va ishochni taklif eta oladigan hamkor banklar kerak. Bizning aloqalar sanoat, dunyo va mintaqaviy ekspertisaga asoslangan bo’lib, yuqori sifatli mijozlar yechimlari bilan chambarchas bog'liq bo’lgan dunyoda bank tizimidagi eng yaxshi amaliyotlarni qo’llaydi. Mijozlar uchun xizmatlarimiz chuqur bilim, barcha asosiy tarmoqlardagi keng mijozlar bazasi, mahalliy  tajriba, sektor ixtisoslashuvini birlashtiradi.

 

Xatarlarni boshqarish

O’z faoliyatlari davomida banklar doimiy ravishda ularning bizneslariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo’lgan turli xil xatarlarga yuz tutishadi. Banklar faoliyatida xatarlarni boshqarish xavfni aniqlash, o'lchash va baholashni o'z ichiga oladi, va uning maqsadi xatarning bank moliyaviy natijalariga va kapitaliga ta'sir qilishi mumkin bo’lgan salbiy oqibatlarini kamaytirishdan iborat. Shuning uchun, banklar xatarlarni boshqarish uchun javobgar maxsus tashkiliy birlashma yaratishlari talab etiladi. Bundan tashqari, ular xavfni aniqlash, o'lchash va baholash, shuningdek xavfni boshqarish uchun tartib ishlab chiqarishlari talab qilinadi.

Barqaror va izchil o'sishini ta'minlash maqsadida va xatarlarni  to'g'ri o'lchash va doimiy nazorat qilib borish uchun bankimiz tomonidan mustahkam xatarlarni boshqarish tizimi ishlab chiqildi. Shuni ta’kidlash joizki, xatarlarni boshqarish tizimini yaratish uchun asosiy mas'uliyat Bank Kengashiga yuklatilgan. Bu xatarlarni aniqlash, siyosat ishlab chiqish va samarali monitoring tizimini yaratishni o'z ichiga oladi.

Kuchli analitik va hisobot vositalari yordamida samarali likvidlik va foiz stavkasi xatarlarini boshqarish tizimi shakllantirildiki, bu strategik qarorlar qabul qilish va potentsial tavofutlarni oldini olish imkonini yaratmoqda.

 

Inson resurslari (HR)

Bizning bank keng qamrovli kadrlar siyosatini amalga oshirib kelmoqda. Bular qatoriga iste'dodli kadrlarni rag'batlantirish, ayollarga bola parvarishi uchun ta’til berish va departamentlar o'rtasida xodimlarni tajriba almashishi kabilar kiradi. Bizning kadrlar bilan ishlash bo'limimiz xodimlarni ishga qabul qilish, rag’batlantirish, kengaytirish kabi turli masalalarda muvaffaqiyatga erishib kelmoqda. Kichik va katta xodimlar tajriba almashuvi maqsadida tadqiqotlar va seminarlar amalga oshiriladi. Bu kabi seminarlar xodimlarning kadrlar bo’limi va boshqaruvchilar bilan o'zaro muloqotini yaxshilash uchun amalga oshiriladi. Eng yaxshi ishchilarni mukofotlash maqsadida, bizning Bankda xodimlar uchun maxsus  sxema ishlab chiqilgan.

 

Har yili bir necha xodimlar bosh ofisimiz tomonidan tashkil etilgan Guest Observer Course, ya’ni Mehmonlar uchun kuzatuv kursida ishtirok etadilar. Bundan tashqari, bank xodimlari muntazam ravishda Singapur menejmentni rivojlantirish instituti tomonidan tashkil etilgan "Globallashuv davrida Bank boshqaruvi", Nyu-Delidagi Crisil Limited (Hindiston) tomonidan tashkil etilgan "Muddatli kreditlarni baholash", “Jahon Expert konferensiyasi” (Rossiya)  tomonidan tashkil etilgan "Lizing" anjumanida, shuningdek, O'zbekiston Bank-moliya akademiyasi, O'zbekiston Banklar assotsiatsiyasi viloyat ta'lim markazlari, Xalqaro moliyaviy va iqtisodiy taraqqiyot markazi va boshqalar tomonidan tashkil etiladigan mahalliy treninglarda ishtirok etb keladilar. .

Markaziy Osiyodagi yetakchi bank bo'lish maqsadiga muvofiq ravishda hamda o’z mijozlari uchun professional xizmat ko’rsatish maqsadida, Bank xodimlar bilim va malakasini oshirishda faol sa'y-harakatlarni amalga oshirib kelmoqda.

Bankning asosiy sohalari bo’lgan savdo moliya, xatarlarni boshqarish, ichki nazorat, kredit tahlil va monitoring qilish, aktiv va passivlarni boshqarish bo’yicha xodimlarni doimiy professional ta'lim bilan ta'minlash ko'zda tutilmoqda

Bundan tashqari, Bank xodimlari sifatini oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish niyatida:

 - Xodimlarni joriy iqtisodiy va moliyaviy yangiliklardan habardor bo’lib borish maqsadida, Markaziy bank, O'zbekiston Banklar Assosiatsiyasi va boshqa o'quv markazlari tomonidan tashkil etiladigan seminar va treninglarda ishtirok etishga rag’batlantirish;

 - Xodimlarni buxgalteriya hisobi, audit va boshqa sohalarda ish bilan bog'liq maxsus sertifikatlar olishda qo’llab-quvvatlash;

 - Ishga taalluqli ayrim masalalar, strategik rejalashtirish, iqtiodiy jinoyatchilikka qarshi kurash bo'yicha bankda treninglar va seminarlar tashkil etish. 

×
  • Rang sxemasi
  • KontrastliA
  • Oddiy holatA
×
  • Shrift o`lchami
  • Katta o`lchamA
  • O`rta o`lchamA