+998(71) 120-80-00
Bizning forum Fuqarolar murojaati Internet banking
Русский English Ўзбекча

Boshqaruv raisidan qutlov so‘zi

YoAJ UzKDB Bank (sharq qadriyatlari va tamoyillarini o‘z ichiga olgan UzKDB Bank) va YoAJ RBS Uzbekistan (Royal Bank of Scotland, g‘arb qadriyatlari va normalarini o‘z ichiga olgan sobiq ABN AMRO Bank) integratsiyasining 2013 yilning mart  oyida muvofaqiyatli yakunlanishi O‘zbekiston bank sektorida barcha yuridik va jismoniy shaxslarga keng qamrovli bank hizmatlarini taklif etuvchi  1-raqamli xorijiy bank bo'lmish YoAJ KDB Bank Uzbekistanning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi

Bank aksionerlari sizga yaxshi tanish bo‘lgan moliyaviy institutlar: KDB Bank, O’z.Resp. TIF Milliy banki va OAJ “Turon” banki.

KDB Uzbekistanning eng ko’p aksiyalari (86.4%) KDB Bankga tegishli bo‘lib, u “Bankir” jurnali ma’lumotlariga asosan Moody’s va Fitch xalqaro reyting agentlikaridan mos ravishda Aa3 va AA- kredit reytingiga ega bo’lgan, xususiy kapitali bo’yicha Koreyada birinchi, dunyoda esa 71 o’rinni egallovchi bankdur.

KDB Bank Janubiy Koreya bilan hamnafas ravishda, global darajada, jadal suratlarda rivojlanib kelayapti. U Koreyaning raqobatbardosh tarmoqlaridan bo’lgan elektronika, avtomobilsozlik va kemasozlik sohalariga mablag’lar ajratib, moliyaviy yordam ko’rsatib kelgan.

Ayni vaqtda KDB Bank Uzbekistan Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yirik bo‘limga ega(Yunusobod bo‘limi, avvalgi YoAJ RBS Bank Uzbekistan). Yakkasaroy tumanida ham hizmat ko‘rsatish bo‘limiga ega.

Bizda oliy-ma’lumotli, malakali, o‘z ishining ustasi bo‘lgan hodimlar va mijozlarning eng nozik masalalariga ham to‘laqonli yechim topa oladigan, halqaro standartlarga ega mutaxasisslarga egamiz.

Biz hodimlarimizni qadrlaymiz va bankimizga kuchli ustun yaratish, mijozlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida ularning keying proffesional o‘sish va rivojlanishlariga kata e’tibor qaratamiz.

Bank mijozlar o‘zaro hamkorlik va o‘sishdan foydalana olishlari mumkin bo‘lgan uzoq muddatli munosabatlarga intiladi. Bank rahbariyati mijozlarni bankga bo‘lgan ishonchlarini qadrlaydi va bank bilan hamkorlikda o‘zlarining bizneslarini rivojlantirish istagida bo‘lgan yangi mijozlarga hizmat ko‘rsatishdan mamnun. Biz mijozlarimizning ishonchlarini qozonish maqasadida doim hizmatlarimizni eng yuqori darajada ko‘rsatishga harakat qilamiz.


Hurmat bilan

In Ju Kim
KDB Bank Uzbekistan
Boshqaruv Raisi

×
  • Rang sxemasi
  • KontrastliA
  • Oddiy holatA
×
  • Shrift o`lchami
  • Katta o`lchamA
  • O`rta o`lchamA