+998(78) 120-80-00
Bizning forum Fuqarolar murojaati Internet banking
Русский English Ўзбекча

Mijozning Benefitsar Mulkdori To'g'risida So'rovnomasi

Hurmatli Mijozlar,

So’nggi yillardagi dunyo hamjamiyatida bo’layotgan voqea-hodisalar qonunchilik hamda turli tartibga soluvchi organlar tomonidan moliyaviy tashkilotlarga nisbatan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni, shuningdek, ommaviy qirg’in qurollarini tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha talablarning ortishiga olib keldi. O’z faoliyati davomida, «KDB Bank O’zbekiston» AJ (keyingi o’rinlarda «Bank») mahalliy va xalqaro miqyosdagi bunday tartibga soluvchi organlarning talablarini to’liq bajarishga harakat qilib kelmoqda. 

Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki so’roviga asosan, hozirda Bank o’z korporativ mijozlari o’rtasida mijozlarga egalik qiluvchi benefisiarlar bo’yicha so’rovnoma o’tkazmoqda.

Yaqin kunlarda Bank tomonidan korporativ mijozlarga xat yuborilib, unda mijozning benefitsiar mulkdori to’g’risida so’rovnomani to’ldirish so’raladi.

 

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun, shuningdek, so’rovnomani to’ldirish bo’yicha savollar yoki yordamga ehtiyoj bo’lsa, Bankning Mijozlarga xizmat ko’rsatish bo’limiga yoki Mijozlar bilan ishlash Menejerlariga murojaat qilish mumkin.    

Hurmat bilan,

«KDB Bank O’zbekiston» AJ

2019 yil 9 sentyabr

 So'rovnoma

×
  • Rang sxemasi
  • KontrastliA
  • Oddiy holatA
×
  • Shrift o`lchami
  • Katta o`lchamA
  • O`rta o`lchamA