+998(78) 120-80-00
Bizning forum Fuqarolar murojaati Internet banking
Русский English Ўзбекча

“KDB Bank O’zbekiston” AJ Internet Banking tizimidagi UzCard plastik kartasidan VISA Exchange plastik kartasiga o’zbek so’mini AQSH Dollari yoki Yevroga ayirboshlash bo’yicha yangi bank xizmatini ishga tushirishi haqida xabar beradi

Hurmatli Mijozlar,

“KDB Bank O’zbekiston” AJ Internet Banking tizimidagi UzCard plastik kartasidan VISA Exchange plastik kartasiga o’zbek so’mini AQSH Dollari yoki Yevroga ayirboshlash bo’yicha yangi bank xizmatini ishga tushirishi haqida xabar beradi.

Bank xizmatlari sohasida ushbu yangilik O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi №3620 - sonli “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

Bankning mijozlari - jismoniy shaxslar Internet Banking tizimiga kirish uchun login va parolni olganlaridan so'ng, kunni istalgan vaqtida Internetga kirish imkoniyati mavjud bo’lgan joyda konversion operatsiyalarga doir o'tkazmalarni masofadan turib amalga oshirishlari  mumkin.

Bundan tashqari mijozlar quyidagi qulayliklarga ega bo’ladilar:

  • hisobvaraqlar holatini kuzatish va nazorat qilish;
  • plastik kartalar va talab qilib olinguncha hisob raqami qoldig’i va aylanmalari to’g’risida ma’lumotlar olish.

Agar mijoz ilgari Internet Banking tizimida ish yuritish uchun Bank bilan shartnoma tuzgan bo’lsa, u o’zining login va parolini Bankning ushbu sahifasidagi https://ibank.kdb.uz tegishli identifikatsiyalash maydoniga kiritishi kerak yoki Bankning, www.kdb.uz, rasmiy Internet sahifasidagi Internet Banking tugmachasiga bosish lozim.

Agar mijoz Internet Banking tizimidan ilgari foydalanmagan bo’lsa, shartnoma tuzish uchun o’ziga qulay bo’lgan vaqtda Bankga tashrif buyurishi kerak.                       

Qo`shimcha ma`lumot uchun quyidagi telefon raqamiga qo`ng`iroq qilishingiz mumkin: (99871) 120-80-00

×
  • Rang sxemasi
  • KontrastliA
  • Oddiy holatA
×
  • Shrift o`lchami
  • Katta o`lchamA
  • O`rta o`lchamA