+998(71) 120-80-00
Bizning forum Fuqarolar murojaati Internet banking
Русский English Ўзбекча

Savdo moliyalashtirish Boshqarmasi amaliyotlari haqida ma'lumot

Bugungi kunning iqtisodiy va moliyaviy sharoiti savdoni moliyalashtirishdagi xisob kitoblarning ishonchliligini hamda moliyalashtirishning raqobatbardosh bo‘lishi kabi o‘ziga xos talablarni qo‘yadi. O‘zbekistonning yirik xorijiy banklaridan biri sifatida «KDB Bank O‘zbekiston» boshqa xorijiy banklar bilan xamkorlikda xujjatli xisob kitoblar va savdoni moliyalashtirish operatsiyalarining xalqaro moliyaviy amaliyotlar asosidagi eng zamonaviy ko‘rinishlarini o‘zida mujassam etadi.
Bankning Savdoni moliyalashtirish bo‘limining eng asosiy vazifalaridan biri o‘z mijozlariga yuqori sifatli, o‘z vaqtida hamda samarali savdoni moliyalashtirish xizmatlarini ta’minlashdan iboratdir. Savdoni moliyalashtirish bo‘limi savdoni moliyalashtirish operatsiyalarini amalga oshirishda Xujjatli akkreditivlar uchun birxillashtirilgan tartibot va boshqa shunga o‘xshash Xalqaro Savdo Palatasi tomonidan tasdiqlanagan tartibotlar kabi bir qator xalqaro qonun xujjatlari asosida o‘z ishini olib boradi.

Bank xalqaro tashqi savdo amaliyotlari bo‘yicha quyida keltirilgan keng ko‘lamli xizmat turlarini taklif etadi:
• Eksport va import bilan bog‘liq akkreditivlar;
• Bank kafolatlari bo‘yicha operatsiyalar;
• Xujjatli inkasso bo‘yicha xisob-kitob shakllari.

1. Xujjatli akkreditiv — akkreditivni ochgan bankning (bank emitent) xaridor nomidan sotuvchiga, sotuvchi tomonidan akkreditivda ko‘rsatilgan xujjatlar taqdim etilishi sharti bilan, kelishilgan mablag‘ni to‘la sh majburiyatidir.

Xujjatli akkreditiv bo‘yicha Bank quyidagi operatsiyalarni taqdim etadi:

• Xujjatli akkreditivlarning bir necha turlarini ochish, jumladan qaytarib chaqirib olinmaydigan, o‘tkazmali, tasdiqlangan va boshqa turlari.
• Akkreditiv shartlariga o‘zgartirish kiritish (muddatini uzaytirish (prolongatsiya), summasini o‘zgartirish va x.k.);
• Import akkreditivlari bo‘yicha xujjatlarni qabul qilish va tekshirish;
• Mijoz iltimosiga ko‘ra, akkreditivni tasdiqlash;
• Eksport akkreditivlarini avizo qilish hamda ijrosi
• Eksport akkreditivlari bo‘yicha benefitsiardan xujjatlarni kabul qilish, tekshirib qayta ishlash hamda akkreditivni ochgan bankka jo‘natish;
• Mijozlarga va vakolatli organlarga tashqi savdoni moliyalashtirish bo‘yicha batafsil konsultatsiyalar berish.

Xujjatli import akkreditivlarni ochish jarayoni uchun quyidagi xujjatlar taqdim etilishi zarur:

• Import akkreditivini ochish to‘g‘risida ariza – Forma 1;
• Benefitsar va applikant o‘rtasidagi bitimning (kontraktning) nusҳasi;
• Boshqa kerakli xujjatlar (konvertatsiya tarixi xakida ma’lumot, boshqa bankdan xisob rakamdagi mavjud mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va boshqa zarur xujjatlar).

2. Bank kafolati — uchinchi shaxs muayyan majburiyatlarini bajarmagan ҳolda, bank bu majburiyatni pul mablag‘‘lari shaklida bajarishi majburiyatidir.
Bank quyidagi turdagi bank kafolatlarini taqdim etadi:
• To‘lov kafolati oluvchi tomonidan kontraktda ko‘rsatilgan to‘lov majburiyatlarni sotuvchiga kafolat berishini bildiradi.
• Tender kafolati xalqaro tenderlarda ishtirok etish uchun qo‘llaniladi.
• Oldindan to‘lov kafolati - sotuvchiga oldindan to‘lov amalga oshirilishini va agar sotuvchi tovar va xizmatlarni yetkazib berishda o‘z majburiyatlarini bajarmagan xolda tovarlarni oluvchiga avval to‘la b berilgan oldindan to‘lov mikdorini qaytarib berish majburiyatidir.

3. Xujjatli inkasso — bank operatsiyasining bir turi, bunda sotuvchi taraf (eksporter) tovarlarni eksport qilishga boglig xujjatlarni xarid qiluvchining bankiga yuborish xakida bankka ko‘rsatma beradi va bank ushbu xujjatlarni sotib oluvchiga to‘lov uchun taqdim etadi. Unda ushbu xujjatlar qachon va qanaqa shartlar asosida xaridorga berilishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tiladi.

Bank xujjatli inkassoga tegishli barcha amaliyotlarni Xujjatli Inkassolar uchun birxillashtirilgan qoidalar, 1995 yil nashri (XSP 522-sonli nashri) ga muvofiq amalga oshiradi.

 

×
  • Rang sxemasi
  • KontrastliA
  • Oddiy holatA
×
  • Shrift o`lchami
  • Katta o`lchamA
  • O`rta o`lchamA