+998(71) 120-80-00
Bizning forum Fuqarolar murojaati Internet banking
Русский English Ўзбекча

Milliy pul o’tkazmalar

KDB Bank O’zbekistonning  Milliy valyuta o’tkazmalari va pul muomalasi bo’limi korporativ mijozlarga milliy valyutada naqd pulsiz hisob-kitoblar bo’yicha barcha turdagi bank xizmatlarini ko’rsatish hamda ularning hisobraqamlaridan naqd pul mablag’lari berish kabi xizmat tularini taklif qiladi.

Bo’limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1. Milliy pul o’tkazmalari bo’limi:

  • Yuridik shaxslarning hisob raqamlariga kelgan pul mablag’larini hisob raqamlariga kirim qilish;
  • naqd pulsiz hisob-kitob hujjatlarini ijro etish (to’lov topshiriqnomalari, to’lov talabnomalari, inkasso topshiriqnomalari, akkreditiv hamda hisob-kitob cheklari);
  • “Internet-banking” tizimi orqali kelib tushgan to’lov topshiriqnomalarini ijro etish;
  • mijozlar so’roviga asosan hisob raqamlaridagi aylanmalar haqida ma’lumotlar, hisobraqamlaridan ko’chirmalarning dublikatlarini  berish;
  • belgilangan maqsadlar uchun mijozlarni uzluksiz hisobraqamlaridan naqd pul bilan ta’minlash;    

2. Pul muomalasi bo’limi:

  • Naqd pul aylanmasini istiqbolini o’rganish;
  • Bank kassasiga tushumni monitoring qilish;
  • Naqd pul mablag’lari berilishini monitoring qilish;
  • Chakana savdo korxonalari tomonidan tovarlarno naqd pulsiz sotilishini nazorat qilish;
  • Yuridik shaxslardan naqd pul olish uchun kassa buyurtmalarini qabul qilish;
  • Yuridik shahslarga kassa qoldig’i limitini o’rnatish;
  • Savdo tashkilotlari bo’yicha hisob yuritish;
  • Naqd pul mablag’lari berilishi bo’yicha “ishinch telefoni” orqali tushgan shikoyatlarni ro’yhatga olish va bartaraf etish bo’yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
×
  • Rang sxemasi
  • KontrastliA
  • Oddiy holatA
×
  • Shrift o`lchami
  • Katta o`lchamA
  • O`rta o`lchamA