+998(78) 120-80-00
Bizning forum Fuqarolar murojaati Internet banking
Русский English Ўзбекча

Investitsiya Faoliyatini Muvofiqlashtirish va Loyihalarni Boshqarish Markazi

Investitsiyalarni qo’llab-quvvatlash va keng jalb qilish maqsadida «KDB Bank O’zbekiston» AJ tomonidan maxsus «Investitsiya Faoliyatini Muvofiqlashtirish va Loyihalarni Boshqarish Markazi» (keyingi o’rinlarda «Markaz») tashkil qilingan va faoliyat yuritib kelmoqda.

Markazda asosan quyidagi xizmatlar ko’rsatiladi:

  • Bank va investitsiya sohalari bo’yicha ma’lumotlar va keng jamoatchilikka e’lon qilingan xabarlar bilan bo’lishish, davlat qonunchiligi, litsenziyalar bo’yicha umumiy ma’lumotlar berish, shuningdek joylashish imkoniyatlari va boshqa turli yechimlar taqdim qilish;
  • xorijiy yoki mahalliy investorlarga o’z biznes faoliyatini yo’lga qo’yishda ahamiyatli yoki bog’liq bo’lgan keng qamrovdagi biznes hamkorlar, mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish tashkilotlari va davlat muassasalari bilan aloqa o’rnatishlarida ko’mak ko’rsatish;
  • Investorlarga ularning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda kompyuterlar va kerakli ofis anjomlari bilan jihozlangan, internet tizimiga ulangan Markaz ofisidan o’rnatilgan tartibda bepul vaqtincha foydalanish bo’yicha amaliy yordam berish.

Murojaat uchun:

Manzil: Toshkent shahri, Oybek ko’chasi, 32-uy, 3-qavat.

Telefon: +99871 252-78-65

Elektron pochta manzili: fisc@kdb.uz

 

×
  • Rang sxemasi
  • KontrastliA
  • Oddiy holatA
×
  • Shrift o`lchami
  • Katta o`lchamA
  • O`rta o`lchamA