+998(71) 120-80-00
Bizning forum Fuqarolar murojaati Internet banking
Русский English Ўзбекча

Ekspоrt-impоrt operatsiyalar

Eksport-import amaliyotlari bo’limi mijozlarga quyidagi xizmatlarni taklif qiladi:

Eksport-import shartnomalari bilan ishlash

Eksport-import shartnomalarini ro’yxatga olish va ularning bajarilishini nazorat qilish

Savdoni moliyalashtirish

KDB Bank O’zbekiston tomonidan rasmiylashtiriladigan hujjatlar mijozlarga xorijiy savdo-sotiq amaliyotlarini olib borishdagi tavakkalchilikni kamaytirishga, pul aylanmasini oshirishga, chet el banklari bilan munosabatlarni rivojlantirishga va mustahkamlashga yordam beradi. 

Chet el bilan savdo-sotiq amaliyotlarini olib borishda KDB Bank O’zbekiston quyidagi xizmatlarni taklif qiladi:

Akkreditiv ochish

Akkreditiv bu - bank mijozining buyrug’iga asosan akkreditiv shartlarida ko’zda tutilgan hujjatlarni taqdimotidan so’ng horijiy hamkor foydasiga to’lovni amalga oshirishni kafolatlaydigan pullik majburiyat.

  • Chet el kredit tarmog’i orqali import shartnomalarini moliyalashtirish
  • Boshqa banklar tomonidan ochiladigan akkreditivlarni mijozlarga yetkazish

Bank kafolati

Bank kafolati bu bank tomonidan kafolat berilgan mijoz o’z shartnomaviy majburiyatlarini bajarmagan holatda belgilangan miqdordagi pulni to’lab berilishini kafolatlovchi hujjatdir.

Bank kafolati asosida to’lovni hamda kafolat berilgan boshqa majburiyatlarni amalga oshirish.

Shuningdek, boshqa banklar tomonidan ochilgan bank kafolatlarini mijozlarga yetkazib berish.

Hujjatli inkasso   

Bunda sotuvchi taraf (exporter) tovarlarni eksport qilishga bog’liq hujjatlarni xarid qiluvchining bankiga yuborish haqida bankka ko’rsatma beradi va bank ushbu hujjatlarni sotib oluvchiga to’lov uchun taqdim etadi. Unda ushbu hujjatlar qachon va qanaqa shartlar asosida xaridorga berilishi mumkinligi ko’rsatib o’tiladi.

  • Hujjatlarni yuborish va qabul qilish
  • Hujjatlarni qabul qilganlik haqida xabarnoma tayyorlash.  
×
  • Rang sxemasi
  • KontrastliA
  • Oddiy holatA
×
  • Shrift o`lchami
  • Katta o`lchamA
  • O`rta o`lchamA