+998(71) 120-80-00
Bizning forum Fuqarolar murojaati Internet banking
Русский English Ўзбекча

Kreditlar va kafolatlar

Eksport-import faoliyati hamda sanoat va kichik biznes sohalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida “KDB Bank Uzbekistan” yuridik shaxslarga quyidagi kreditlarni taklif qiladi.

 

“KDB Bank Uzbekistan” yuridik shaxslarga quyidagi maqsadlarda iste'mol kreditlarni taklif qiladi:

• Xo’jalik yurituvchi subyektlarga aylanma mablag’larni ko’paytirish uchun kredit ajratish;

• Mahalliy korxonalarni texnik-texnologik qayta jihozlash va modernizatsiyalash bo'yicha investitsion loyihalar;

• Hom-ashyo ishlab chiqarishga mo’ljallangan texnologik jihozlar xarid qilish uchun ajratiladigan kreditlar;

• Ulgurji savdoga mahalliy ishlab chiqaruvchilardan mahsulot xarid qilish uchun ajratiladigan kreditlar;

• Sindikatlashgan kredit orqali investitsion loyihalarni moliyalashtirish;

• Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga mo’ljallangan texnologik jihozlar xarid qilish uchun ajratiladigan kreditlar;

• Moliyaviy lizing;

• Xo'jalik subyektlarini ish haqi hisobi to'lovi bo'yicha kreditlash;

• Kichik biznes subyektlariga kreditlar ajratish;

• O’zbekiston Respublikasi xalq xo’jaligiga foyda keltiruvchi boshqa ishlab chiqarish sohalariga kreditlar ajratish.

 

“KDB Bank Uzbekistan” mijozlarga quyidagi muddatlarga kreditlar ajratadi:

Muddatlar:

qisqa muddatli kreditlar (1 yildan ko`p bo`lmagan muddatga);

uzoq muddatli kreditlar (1 yildan 5 yilgacha bo`lgan muddatga).

 

Foizli qiymatlar:

• kredit bo’yicha erkin ayirboshlanadigan valyutada – yillik 8 %dan 12 % gacha;

• erkin ayirboshlanadigan valyutada moliyaviy lizing – yillik 12 % dan 25 % gacha’

• kredit bo’yicha (moliyaviy lizing) milliy valyutada – yillik 14 % dan 20 % gacha.

 

Kredit dasturni to'ldirish uchun

 

IZOH: Kreditlar foiz stavkalari, kredit maxsulotining turi, mijozning moliyaviy holati va boshqa iqtisodiy ko;rsatkichlarga qarab belgilanadi.

 

Kredit summasi:

Yuridik shaxslarga erkin ayirboshlanadigan valyutada (bir kelishuv uchun):

• 500.000.0 dan 5.000.000.0 gacha (AQSH dollari miqdorida).

Milliy valyutada:

• 500 000 000.0 dan 10 000 000 000.0 gacha

 Kichik biznes subyektlariga erkin ayirboshlanadigan valyutada (bir kelishuv uchun):

• 200.000.0 dan 5.000.000.0 gacha (AQSH dollari miqdorida).

Milliy valyutada:

• 200 000 000.0 dan 10 000 000 000.0 gacha

 

IZOH: Kredit summasi korxonaning o’z mablag’lari manbalaridan oshib ketmasligi lozim (buxgalterlik balansi hisobotlariga ko’ra).

 

Kerakli hujjatlar:

• Iltimosnoma. Iltimosnomada kredit olish zaruriyati, uning foydaliligi, qaytarish, to’lab berish va ta’minlash kafolati, o’z kapitali tarkibi va kredit ajratilayotgan loyihada ishtirok etishlilik batafsil aytib o’tiladi.

• Loyihaning texnik-iqtisodiy asosi yoki biznes reja;

• Yuridik hujjatlar (tadbirkorlik nizomi, ta’sis shartnomasi, ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanishga ruxsat beruvchi litsenziya);

• Boshqa banklardagi hisob raqamlari, garov vositalari va qaytarish shartlari haqida ma’lumotnoma;

• O’z kapitali bilan boshqa tadbirkorlik ishlarida ishtirok etganligi haqida guvohnoma;

• Xorijiy hamkorlar haqida ma’lumot – yillik hisobot va oxirgi 2 yil bo’yicha tekshiruv ma’lumotnoma;

• Buxgalteriya balansi, foyda va zararlar haqida hisobot va Davlat soliq xizmati mahalliy organi tomonidan tasdiqlangan oxirgi 3 yil va hisobot muddatiga bo’lgan pul aylanmalari, debitorlik va kreditorlik qarzdorligi tog'risida ma'lumot. (1-shakl, 2-shakl, 2a-shakl, 4-shakl va h.k.);

• Ta’sischilarning kredit olishga roziligini tasdiqlovchi hujjat, garovga mol-mulk taqdim etish, agar garov uchinchi shaxsning mol-mulki bo’lsa, unda kafolatlochi korxona ta’sischilarining ushbu kafolat yoki garovni taqdim qilishga roziligi. Ta’sichilar majlisining bayonnomasi va nizomi;

• Kredit muddatiga moliyaviy hisobot (1-shakl va 2-shakl).

• Bevosita ijrochilar bilan kelishilgan shartnoma hujjatlari loyihalari (texnik asbob-uskunalar olib kelish, loyihani amalga oshirish bilan bog’liq yoki boshqa maqsadlarda tuzilgan shartnomalar);

• Rezume (rahbariyatga hamda bosh hisobchiga).

 

IZOH: Ushbu ro’yxat kredit ajratishning foydali tomonlarini ko’rib chiqish uchun yetarlicha to’liq emas.

 

“KDB Bank Uzbekistan” quyidagi turdagi bank kafolatlarini taklif qiladi:

• tenderda ishtirok etish uchun kafolat

• oldindan to’lov kafolati

• shartnomani bajarish kafolati

• to’lov kafolati

 

Bank kafolatini olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinishi lozim:

• bank kafolatini olishga ariza;

• biznes-reja, bank kafolatidan foydalanish davridagi pul aylanmalari tahlili bilan birga;

• buxgalterlik balansi (1-shakl), moliyaviy natijalar haqida hisobot (2-shakl), oxirgi hisobot kuniga muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risida ma’lumot (2-a shakl);

• oxirgi 3 moliyaviy yilning auditorlik xulosasi.

 

Berilgan kafolatlar bo’yicha majburiyatlarni o’z vaqtida bajarish maqsadida bankka likvid mol-mulk beriladi.

×
  • Rang sxemasi
  • KontrastliA
  • Oddiy holatA
×
  • Shrift o`lchami
  • Katta o`lchamA
  • O`rta o`lchamA