+998(71) 120-80-00
Bizning forum Fuqarolar murojaati Internet banking
Русский English Ўзбекча

Xalqaro Visa kartalari va Konversion bo'limda chet el valyutasini sotib olish va sotish operatsiyasini amalga oshirish tartibi

1998 yildan boshlab Visa International to’lov tizimi to`laqonli a’zosi hisoblangan KDB Bank O’zbekiston, VISA xalqaro plastik kartalari emissiyasi va ekvayringi bilan shug’ullanadi. Hozirgi vaqtda, Bank mijozlari uchun Visa Electron, Visa Classic, Visa Gold va Visa Business kartalari asosida turli xil to`lov mahsulotlari taklif qilmoqda. 2007 yildan boshlab mazkur kartalar mikrochip o’rnatilgan holda chiqarilmoqda va ushbu kartalar ko`proq “chipli karta” nomi bilan tanilgan. Bank o’z ekvayring xizmatlarini asosan mehmonxona, turizm va aviachipta sotuvi sohalarida taklif qiladi.

Shu bilan bir qatorda, xizmatlar sifatini doimiy ravishda oshirib borish, hamda mijozlar talabini qondirish maqsadida, Bank tomonidan boshqa ixtisoslashtirilgan yechimlarni hayotga tadbiq qilish ishlari olib borilmoqda. Xususan, bank tomonidan SMS Xabar xizmati taklif qilinmoqda. Bundan tashqari, bank mijozlarida 24/7 rejimda ishlovchi yordam xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud.

To’lov tizimi talablariga binoan, hamda to`lov karta biznesining xavfsizligini ta`minlash uchun, Bank tomonidan har yil Bankning to`lov kartalari biznesi PCI DSS standardlariga (Payment Card Industry Data Security Standard - To’lov Kartalari Industriyasining Ma’lumotlari Xavfsizligi Standarti) muvofiqligi tasdiqlanib kelmoqda.

Quyida, Bankimiz tomonidan taklif qilinadigan kartalar va ular to’g’risida batafsil ma’lumot bilan tanishishingiz mumkin.

Visa Gold va Visa Gold Euro

Visa Gold va Visa Gold Euro kartalari, o’z egalariga boshqa qulayliklar bilan bir qatorda , Visa tizimining turli mamlakatlardagi hamkorlari tomonidan muntazam ravishda taqdim etiladigan takliflardan (chegirmalar) foydalanish imkoniyatini beradi.

Visa Gold Euro asosan Yevropa davlatlarida kartadan faol foydalanadigan mijozlar uchun juda qulay to’lov vositasidir.Ushbu kartaning asosiy xususiyati shundan iboratki, mijoz kartadan Yevrohududda yevroda to’lov amalga oshirgan  taqdirda, boshqa valyutadagi kartalardan farqli ravishda almashuv kursi tufayli yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xarajatlarni to’lamaydi.

Bepul taqdim etiladigan xizmatlar-  karta chiqarish, kartani 1 kun ichida tezkor chiqarish, mahalliy va xalqaro raqamga SMS Xabar xizmati, 3D Secure (Verified by Visa)- internet to’lovlar  uchun ishonchli himoya , mablag’larni kartada tezkor aktivlashtirish, qo’shimcha kartani chiqarish.

Visa Gold Euro Exchange

Visa Gold Euro Exchange turdagi kartalar nufuzli hisoblanib, karta egasi Visa xalqaro tizimidagi barcha qo’shimcha xizmat va chegirmalardan foydalanish imkoniyatiga ega.

Visa Gold Euro Exchange kartalar Visa Gold Euro kabi Yevropa mintaqasiga tez-tez safarga yo’l oladiganlar uchun qulay, ushbu kartalar orqali amalga oshirilgan to’lovlarda kurs farqi yoqligi, sababi xisob raqamlar Yevro valyuta qiymatida yuritiladi. Kartalarning xisobini to’ldirish tartibi konvertatsiya orqali so’m plastik kartadan konvertatsiya bo’limida amalga oshiriladi.

Bepul taqdim etiladigan xizmatlar-  karta chiqarish, yillik xizmat ko’rsatish xaqqi, mahalliy va xalqaro raqamlarga SMS Xabar xizmati, 3D Secure(Verified by Visa)- intenet to’lovlar uchun ishonchli himoya.

Visa Classic va Visa Classic Exchange

Visa Classic va Visa Classic Exchange , to’lov kartalarining barcha xususiyatlarini o’zida mujassam qilgan.Karta to’lovlar amalga oshirish (shu jumladan internet to’lovlar) va naqd valyuta yechish uchun juda qulay hisoblanadi.

Bepul taqdim etiladigan xizmatlar - karta chiqarish (Visa Classic), mahalliy va xalqaro raqamga SMS info xizmati, 3D Secure (Verified by Visa)- internet to’lovlar uchun ishonchli himoya.

Visa Electron Exchange

Visa Electron Exchange chet elda to’lovlar amalga oshirish va naqd pul yechishga mo’ljallangan bo’lib, internet to’lovlarga ehtiyoji bo’lmagan mijozlar uchun mo’ljallangan.

Bepul taqdim etiladigan xizmatlar - mahalliy va xalqaro raqamga SMS info xizmati.

Visa Business

Visa Business kartalari Bankning korporativ mijozlariga taklif etiladi va xorijiy mamlakatlarda xizmat safari davomida foydalanishiga mo'ljallangan.
Bepul taqdim etiladigan xizmatlar – SMS Xabar xizmati, 3D Secure xizmati.

Ekvayring.

“KDB Bank O’zbekiston” AJ ,Visa va  MasterCard tizimlarining printsipal a’zosi bo’lib, ushbu tizim kartalari orqali to’lovlarni qabul qilish uchun terminallar taqdim etib bormoqda.Turizm sohasida faoliyat olib boradigan tashkilotlarni qo’llab quvvatlash maqsadida, 01.01.2018 yildan boshlab Respublikamiz tomonidan ularga Visa va  MasterCard terminallari orqali ekvayring xizmatini kamaytirilgan tarif bo’yicha amalga oshish ta’minlanadi.

Murojaat uchun telefonlar: 120 80 00, 140 56 75, 140 56 76


Konversion bo'limda chet el valyutasini sotib olish va sotish operatsiyasini amalga oshirish tartibi 

  • Jismoniy shaxs va YaTT chet el valyutasini sotib olish uchun Konversion bo‘limga shaxsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etadi;
  • Jismoniy shaxsning bank kartalari mavjud bo‘lmagan taqdirda (Uzcard va Visa konversion karta), Konversion bo‘lim mutaxassisi tomonidan jismoniy shaxsga plastik kartalar bo‘limlariga murojaat etib, o‘z nomiga belgilangan tartibda bank kartalarini ochish taklif etiladi;
  • YaTT chet el valyutasini sotib olish uchun pul mablag‘larini o‘zining tegishli hisobvarag‘idan o‘tkazadi;
  • Milliy valyutadagi mablag‘ tijorat bankining operatsiya bajariladigan kundagi chet el valyutasini sotish kursi bo‘yicha to‘lov terminali orqali jismoniy shaxsga tegishli bank kartasidan yechib olinadi va unga milliy valyutadagi mablag‘ yechib olinganligi to‘g‘risidagi terminal chekining asl nusxasi beriladi;
  • Chet el valyutasi 09017-shakldagi ma’lumotnoma va milliy valyutadagi terminal cheki yoki pul mablag‘lari to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati asosida xalqaro to‘lov kartasiga o‘tkazib beriladi;
  • Jismoniy shaxs yoki YaTT xalqaro to‘lov kartasidagi (Visa konversion) chet el valyutasini sotish uchun tijorat bankining istalgan konversion bo‘limiga murojaat etadi;
  • Tijorat banki jismoniy shaxs yoki YaTTning xalqaro to‘lov kartasidagi chet el valyutasini operatsiya amalga oshiriladigan kundagi chet el valyutasini sotib olish kursiga muvofiq bajaradi. Bunda jismoniy shaxs yoki YaTTning xalqaro Visa komversion kartasidagi chet el valyutasi doirasida, mablag‘lar to‘liq yoki qisman milliy valyutaga ayirboshlanishi mumkin;
  • Jismoniy shaxslar xalqaro Visa konversion kartalaridagi chet el valyutasini valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali naqd milliy valyutaga ayirboshlashlari mumkin.

 

Internetga chiqish imkoniyatiga ega bo’lgan Jismoniy shaxslar va Yakka Tartibdagi Tadbirkorlar (YaTT), masofadan turib, dunyoning xohlagan chetidan va xohlagan paytda, Internet-banking tizimida o'zbek so'mlarini plastik kartadan konversion plastik kartalariga xorijiy valyutasida (AQSh dollari va Evro) aylantirish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin. “Internet Banking” tizimiga kirish uchun, login va parolga ega bo’lish kerak.

“Internet Banking” tizimiga kirish imkoniyatiga ega bo’lmagan mijozlar, shartnoma tuzish uchun o’ziga qulay bo’lgan vaqtda Bankga, Mijozlarga xizmat ko'rsatish boshqarmasiga tashrif buyurishi kerak.

“Internet Banking” tizimi quyidagi qulayliklarga imkoniyat beradi:

  • hisobvaraqlar holatini kuzatish va nazorat qilish;
  • plastik kartalar va talab qilib olinguncha hisob raqami qoldig’i va aylanmalari to’g’risida ma’lumotlar olish.

Qo`shimcha ma`lumot uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: (99871) 120-80-00

 

Konversion operatsiyalarini amalga oshirish qo'llanmasi

 
 

KDB Bank O’zbekiston” AJ quyidagi konversion amaliyotlar bo'limlariga ega:

 Konversion amaliyotlar  bo'limi

 Manzil

 Murojaat uchun

 Ish vaqti

 Bosh ofisda:

 Mirobod tumani, Buxoro ko’chasi, 3, 100047,  Toshkent, O’zbekiston

 Tel. : (99871) 120-87-06
          (99871) 120-87-36

 09:00 - 17:00
 Tushlik vaqti: 13:00-14:00

 Yunusobod filialida:

 Yunusobod tumani, Minor tor ko’chasi, 77,  100084, Toshkent, O’zbekiston

 Tel. : (99871) 120-87-38
          (99871) 120-87-71

 09:00 - 17:00
 Tushlik vaqti: 13:00-14:00

 Yakkasaroy filialida:

 Yakkasaroy tumani, Usmon Nosir ko’chasi, 12,  100070, Toshkent, O’zbekiston  Tel. : (99871) 140-06-30
 Faks: (99871) 150-71-47
 09:00 - 17:00
 Tushlik vaqti: 12:00-13:00

 

 

 

×
  • Rang sxemasi
  • KontrastliA
  • Oddiy holatA
×
  • Shrift o`lchami
  • Katta o`lchamA
  • O`rta o`lchamA