+998(71) 120-80-00
Bizning forum Fuqarolar murojaati Internet banking
Русский English Ўзбекча

Mobile banking

Birinchi marta va faqat KDB Bank O’zbekistonning VISA karta foydalanuvchilari uchun “Mobil-Banking” xizmati

“Mobil Banking” bu – mobil telefoningizning SMS-xabar xizmati yordamida kartangizda bo’lgan barcha pul amaliyotlari haqida 24-soat rejimida nazorat qilish imkonini beruvchi tizimdir.

Sizning yangi imkoniyatlaringiz:

“Mobil Banking” xizmatiga ulanish orqali Siz mobil telefoningizning SMS-xabar xizmati yordamida quyidagilar haqida ma’lumot olishingiz mumkin:

  • xohlagan vaqtingizda Bankka bormasdan kartaningiz balansi (undagi pul mablag’lari qoldig’i)ni bilish;
  • savdo xizmati tarmog’ida o’tkazilgan har bir amaliyot bo’yicha ma’lumot olish;
  • bankomat va boshqa joylarda yechilgan pul mablag’lari haqida ma’lumot olish.

Kartangiz xavfsizligini ta’minlash:

Dunyoning istalgan yerida va xohlagan vaqtingizda mobil telefoningizning SMS-xabar xizmati hamda KDB Bank O’zbekistonning “Mobil-Banking” xizmati yordamida kartangizdagi pul mablag’laridan foydalanganlik, har bir o’tkazilgan amaliyotning aniq joyi va vaqti haqida ma’lumot olishingiz mumkin va bu sizning pul mablag’laringizni siz bilmagan holda samarasiz ishlatilishini oldini oladi.

Bu xizmat yordamida Siz farzandlaringiz va boshqa yaqinlaringizning qilayotgan harajatlarini nazorat qilishingiz mumkin.

Taqdim qilinadigan ma’lumot

Xabar

Savdo xizmati tarmog’ida o’tkazilgan amaliyot

va bankomat va boshqa joylarda yechilgan pul mablag’lari haqida

kun/oy/yil *XXXX kartada o’tkazilgan amaliyot 000.000 miqdorda (valyuta kodi****) V*,**,***, kartadagi qoldiq 000.000

Hisob varaqdagi qoldiq haqida

Sizning balans 0000.0000 sum/dollar

Eslatma:

*- savdo qilingan joyning nomi

** - savdo qilingan shahar

*** - davlatning harfli kodi

**** - amaliyot qilingan valyuta kodi

 

Kartadagi qoldiqni bilish uchun +99890 370 44 88 raqamiga SMS-so’rovnoma yuborishingiz kerak.

Xabar matni:

Balance P: #### (qoldiq AQSH dollarida ko’rsatiladi)

Balans P: #### C: 860 (qoldiq so’mda ko’rsatiladi)

#### - kartaning oxirgi 4 ta raqami

Sizning telefon raqamingizning “Mobil Banking” xizmatiga asosiy va qo’shimcha kartalarni ulash BEPUL

 

Xizmatdan faqat GSM mobil aloqa operatorlari abonentlari foydalanishlari mumkin.

MOBIL BANKING XIZMATIDAN FOYDALANISH NARXLARI

 

Xizmat nomi

Komissiya summasi

Izoh

1

Mobil Banking xizmatiga ulanish

1 oyda 2$

1 mahalliy telefon raqami

1 oyda 3$

1 xalqaro telefon raqami

2

Qo’shimcha telefon raqamlarini ulash

1 oyda 1$

har bir qo’shimcha raqam uchun

1 oyda 2$

har bir qo’shimcha xalqaro telefon raqami uchun

×
  • Rang sxemasi
  • KontrastliA
  • Oddiy holatA
×
  • Shrift o`lchami
  • Katta o`lchamA
  • O`rta o`lchamA