+998(78) 120-80-00
Bizning forum Fuqarolar murojaati Internet banking
Русский English Ўзбекча

Bank haqida

    

"KDB Bank O’zbekiston" AJ - O'zbekistondagi eng yirik xalqaro bank. Banking asosiy aktsioneri 86,32% ulushga va yetakchi xalqaro reyting agentliklarining  eng yuqori kredit reytinglariga ega (Standard and Poor's - AA / Moody's - Aa2 / Fitch - AA-) "KDB Bank", Janubiy Koreya (Koreya Taraqqiyot Banki) hisoblanadi.

Koreya Taraqqiyot Banki 1954 yilda Koreya ishlab chiqarish sanoati va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga yordam beradigan yirik sanoat kapitalini etkazib berish va boshqarish maqsadida tashkil etilgan. Hukumatga to’liq qarashli etakchi bank sifatida KDB Koreya moliyaviy xizmat ko'rsatish sanoatining o'sishini rag'batlantirishda muhim rol o'ynaydi.

KDB biznesni rivojlantirish va muvozanatllashgan mintaqaviy iqtisodiy o'sishni ta'minlash maqsadida korporativ va investitsion bank xizmatlari turlari ko'lamini kengaytirmoqda. KDB tarmog'i dunyoning 21ta mamlakatida faoliyat yuritadi: 9ta filial, 5ta xorijiy sho'ba korxonasi va 8ta vakolatxona.

"KDB Bank O’zbekiston" AJ (keyingi o'rinlarda "Bank") - mijozlarga bank xizmatlari ko'rsatuvchi KDBning O'zbekistondagi sho'ba korxonasi. Bankning asosiy mijozlari - xorijiy kompaniyalar, qo’shma korxonalar, sho’ba korxonalar, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va xizmat ko’rsatish sohasidagi yirik firma va tashkilotlar, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, xalqaro kompaniyalarning vakolatxonalari.

Xronologiya

 

  • 1997 – Daewoo Securities xalqaro kengayishi doirasida "UzDaewoo Bank" O'zbekiston-Koreya banki tashkil etilgan
  • 2006 – KDB Bank Koreya tomonidan sotib olinganidan so'ng "UzKDB Bank" yopiq aktsiyadorlik jamiyatiga aylandi
  • 2010 – KDB RBS Guruhining "RBS NB Uzbekistan" aksiyalar paketini sotib olish to'g'risida qaror qabul qildi
  • 2011 – "RBS NB Uzbekistan" KDB Bankning ikkinchi sho’ba korxonasi bo'ldi
  • 2013 – KDB Guruhning ikkita sho’ba korxonalari "RBS NB Uzbekistan" va "UzKDB Bank", yangi "KDB Bank Uzbekistan" YoAJ  bankga birlashtirildi
  • 2014 - KDB Bank O'zbekiston "Tijorat banklari orasida eng innovatsion bank" mukofotiga sazovor bo'ldi
  • 2016 - KDB Bank Uzbekistan became the winner in the nomination "The Best Bank to support foreign investors" in Uzbekistan
  • 2018 - KDB Bank O'zbekiston ISO 9001: 2015 xalqaro standartining talablariga muvofiq, TUV International Certification Center tomonidan o'tkazilgan mustaqil audit natijalari asosida bank xizmatlari sohasida sertifikatga ega bo’ldi.

 

Umumiy ma'lumot

To'liq nomi:

«KDB Bank O’zbekiston»  Aksiyadorlik Jamiyati

Qisqa nomi:

«KDB Bank O’zbekiston » AJ

Manzil:

O’zbekiston, Toshkent, Mirobod tumani, Buhoro ko’chasi, 3uy, 100047

Filiallar:

Yunusobod

Yakkasaroy

Aktsiyadorlar:

Korea Development Bank (Koreya Taraqqiyot Banki)  - 86.32%

O’zbekiston TIF Milliy Bank - 10.31%

Turon Bank - 3.37%

Tashkil etilgan yil:

1997

Xalqaro reyting agentligi “Standard & Poor's”:

 

Uzoq muddatli kredit reytingi «B+»

Qisqa muddatli kredit reytingi «B»

Prognoz «Barqaror»

Sana: Dekabr 2017

Mahalliy reyting agentligi «Ahbor-Reyting»:

Kredit reytingi «uzA+»

Prognoz «Barqaror»

Sana: Iyun 2017

Litsenziya:

2012 yil 21 oktyabr, 5-sonli Bank amaliyotlari bo'yicha litsenziysi

korporativ elektron pochta:

info@kdb.uz

Korporativ veb-sayti:

http:// www.kdb.uz

Telefon raqam:

(+998) 78 120-80-00

 

 

Mulkchilik shakli

 

 

 

KDB Bank O’zbekiston

100% - 681,371,600 ulushi

 

KDB Bank, Seul (Koreya)

86.32% - 588,148,600

TIF Milliy Bank, O’zbekiston

10.31% - 70,244,200

Turon Bank, O’zbekiston

3.37% - 22,978,800


 

Bank xalqaro amaliyotda keng qo’llanilayotgan “Mijozlar bilan ishlash” boshqaruv tizimini muvaffaqiyatli tatbiq etgan bo’lib, bu tizim yordamida mijozlarning Bankka qabul qilinishidan boshlab to xizmatlardan keng foydalanishgacha bo’lgan butun davr mobaynida yuqori darajada xizmat ko’rsatilishini ta’minlash nazarda tutiladi. Mijozlar bilan ishlash modeli bankning mijozlarga uzoq muddatli majburiyatini ifodalaydi.

Bank yetakchi xalqaro banklar bilan korrespondentlik aloqalarini o’rnatgan bo’lib, bu o’z navbatida yetakchi xalqaro valyutalarda hisob-kitoblarni tez va o’z vaqtida amalga oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari Bank mijozning o’zida mavjud bo’lgan valyuta hisobraqamlaridan farqli ravishda boshqa valyutada topshirgan to’lovlarini ham o’tkazib berish imkoniyatiga ega.

Bank mijozlarga naqd va hisob-kitob xizmatlari, to'lovlar, debit kartochkalar, masofaviy xizmatlar, savdo moliyalashtirilishi, tijorat kreditlari, g’aznachilik mahsulotlari kabi keng turdagi bank xizmatlarini taqdim etadi.

Biznesingiz muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun Sizga albatta bank xizmatlari bo’yicha ishonchli hamkor kerak bo’ladi. “KDB Bank O’zbekiston” AJ ana shunday hamkor sifatida Sizga yordam berishga tayyor!

×
  • Rang sxemasi
  • KontrastliA
  • Oddiy holatA
×
  • Shrift o`lchami
  • Katta o`lchamA
  • O`rta o`lchamA