+998(71) 120-80-00
Bizning forum Fuqarolar murojaati Internet banking
Русский English Ўзбекча

FAQs

1. KDB Bank O'zbekistonda xodimlarga qanday sharoitlar yaratilgan?

  • KDB Bank O'zbekiston o'z xodimlarining unumli mehnat faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun o'ziga xos rag'batlantirish tizimiga ega. Xodimlarga asosiy oylikdan tashqari mukofot pullari, ichki hujjatlar orqali belgilangan moddiy yordam va qo'shimcha rag'batlantirish turlari (tibbiy sug'urta, sport mashg'ulotlariga chiptalar) beriladi.

 

2. Bankka ishga kirishni istaganlarga qanday talablar qo'yiladi?

  • Bankimizda ishlash uchun  nomzodlarga iqtisodiy ma'lumot, ingliz tilida ham yozma, ham og'zaki muloqot qila olish, Toshkent shahrida muqim ro'yxatda turish kabi talablarga javob berish tavsiya etiladi.

 

3. KDB Bank O'zbekistonda ishlashning o'ziga xos xususiyatlari qanday?

  • KDB Bank O'zbekiston o'z xodimlari uchun xalqaro standartlarga javob beradigan ko'p millatli korporativ muhit, mehnatni rag'batlantirishning takomillashgan tizimi va eng muhimi yuqori karyeraviy o'sishni taklif eta oladigan xalqaro bankdir.

 

4. KDB Bank O'zbekistonda oliy o'quv yurti bitiruvchilariga imtiyozli dasturlar yo'lga qo'yilganmi?

  • Ha, KDB Bankda "OPEN RECRUITMENT", ya'ni oliy o'quv yurtini endigina bitirganlarni sinov va suhbat o'tkazish yo'li bilan ishga qabul qilish bo'yicha dastur har yili yoz oylarida o'tkaziladi.

 

5. KDB Bank O'zbekistonda xodimlarning malaka oshirishi va rivojlanishi uchun qanday sharoitlar yaratilgan?

  • Bankimiz o'z xodimlarining kasbiy malakasi va zamonaviy bank sohasiga oid bilimlarining kengayishi va tajriba almashish maqsadida xodimlarni mahalliy trening o'tkazuvchi tashkilotlar bilan bir qatorda xorijiy treninglar va forumlarga yuborib turadi. Bundan tashqari, bankda xodimlarning ish unumdorligi va muvaffaqqiyatini baholashning bir necha bosqichli tizimi yo'lga qo'yilgan.

 

6. Bankka ishga qabul qilishdan oldingi saralash  qanday bosqichlarda o'tadi?

  • Dastavval nomzodlardan o'z rezyume (qisqacha tarjimai hol) larini bosh ofis yoki bank filiallari xodimlar bilan ishlash boshqarmasiga elektron pochta yoki shaxsan taqdim etish talab etiladi. Shundan so'ng, bizning talablarga javob bergan nomzodlar intervyu, ya'ni suhbatga chaqiriladi. Shuningdek, ularning ko'rilayotgan lavozimga layoqati turli sinov va psixologik testlar orqali tekshirilishi mumkin. Agarda nomzod bir qator menedjerlar suhbatidan o'tsa, u yakuniy suhbat uchun Boshqaruv raisi huzuriga chaqiriladi.  Vakansiya uchun talab etiladigan tegishli malaka va ko'nikmalarga ega, ilg'or fikrlaydigan hamda intiluvchan nomzodlar KDB Bank O'zbekistonda ishlashga taklif etiladilar.

 

7. Bankda ishlab chiqarish va malakaviy amaliyot o'tash uchun qanday imkoniyatlar mavjud?

  • Bankimizda o'z yuqori o'zlashtirish ko'rsatkichlari, ingliz tilini mukammal bilishi va tirishqoqligi bilan ajralib turuvchi OTM talabalari uchun ishlab chiqarish va malakaviy amaliyot o'tash uchun sharoitlar mavjud. Buning uchun tegishli OTM dan yo'llanma xat va Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi suhbat-sinovidan o'tash talab etiladi.
×
  • Rang sxemasi
  • KontrastliA
  • Oddiy holatA
×
  • Shrift o`lchami
  • Katta o`lchamA
  • O`rta o`lchamA